Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Qiziltepa tuman 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi “An’anaviy xonandalik” yo‘nalishi bo‘yicha viloyat seminari bo’lib o’tdi.
Seminarda An`anaviy xonandalik sinfi o`qituvchisi Hamidov Farruxning 1-soatlik ochiq darsi mahorat darsiga ulanib ketdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instiutining “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi professori Soyibjon Niyozov, hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instiutining “Folklor va etnografiya” kafedrasi professori “Xalqaro Turon Akademiyasi”akademigi Rustam Abdullaev ishtirokida mahorat darsi ham o’tkazildi.
Jarayonda 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabidagi dars jarayonlari ham ko’zdan kechirilib, zarur tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ustoz san’atkorlar milliy musiqamizni yanada ommalashtirish, yoshlar ongida o’zbek mumtoz san’atiga bo’lgan mehr va muhabbatni oshirish kabi bir qator kerakli masalalarda ishtirokchilarga o’z tushunchalarini ulashishdi.