Qiziltepa tumani 13-son bolalar musiqa va san'at maktabi jamoasi navbatdagi yutuqlarga erishdi!
25–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “San'atim – Faxrim” Respublika ko‘rik-tanlovida maktabimizning an'anaviy ijrochilik yo‘nalishi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish qildilar.
-
Nizomov Og‘abek – an'anaviy ijrochilik (qashqar rubob) yo‘nalishida 2-o‘rin 🏅
-
Ummatov Jasurbek – an'anaviy ijrochilik (doira) yo‘nalishida 2-o‘rin 🏅
-
Hasanov Mahmudjon – xalq cholg‘u (qashqar rubob) yo‘nalishida 3-o‘rin 🏅
Mazkur natijalar maktabimizning iste’dodli yoshlarini tarbiyalashda qilinayotgan mehnat va ustozlarimizning fidoyiligi samarasidir. Barcha ishtirokchilarni va ularning ustozlarini ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz! 🎶👏



